O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumi ishtirokchilari Surxondaryo viloyatida xalqaro tashish masalalarini muhokama qildi
Avgust 17, 2026. 14:00 • 51 soniya
• 18TERMIZ, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Surxondaryo viloyatining xalqaro logistika korxonalari rahbarlari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida xalqaro avtomobil tashuvining dolzarb masalalari va ularni hal etish yuzasidan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Shuningdek, viloyatning asosiy chegara va transport-logistika obyektlari, jumladan, “Ayritom” nazorat-o‘tkazish punkti, “Termiz” daryo porti hamda “Termiz Kargo” logistika markazi faoliyati bilan tanishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi





