O‘zbekiston diplomatlari Omskdagi yong‘inda jarohat olgan vatandoshlarimiz holidan xabar oldi
Avgust 17, 2026. 12:30 • 2 daq
• 38
OMSK, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Omsk shahridagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasiga tashrif buyurib, 15-avgust kuni shaharning “Kvartali Dravert” mintaqasida sodir bo‘lgan yong‘inda jarohat olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining holidan xabar oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Navbatchi shifokorning maʼlumotiga ko‘ra, fuqaro I.Z kuyish jarohatlari reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan, ahvoli og‘ir va sunʼiy nafas olish apparatiga (IVL) ulangan. Ikkinchi fuqaro — O.E hozirda yiringli-septik bo‘limi reanimatsiyasida qolmoqda, uning ham ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Hozirda rossiyalik shifokorlar moskvalik hamkasblari bilan videokonferensiya aloqasi orqali konsilium o‘tkazmoqdalar va Rossiya tomoni jarohatlanganlarni sog‘lomlashtirish jarayoniga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Bugun 17 avgust kuni ertalab bosh konsul 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasi bosh shifokori, kuyish va yiringli-septik bo‘limlari mudirlari hamda tibbiyot xizmati rahbari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Ushbu masala Bosh konsulxonaning alohida nazoratiga olingan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi