“The World News”: Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining barqaror mexanizmiga aylanmoqda
Avgust 17, 2026. 12:05 • 2 daq
• 17
ISLOMOBOD, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The World News” nashrida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan besh yillik ochiq muloqotiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, o‘tgan davrda o‘tkazilgan beshta uchrashuv doirasida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi ishonchni tiklashga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda biznes kapitali, yer, energiya va bozorlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, raqamli moliyaviy xizmatlar, startaplarni rivojlantirish, investitsiyalarni himoya qilish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Materialda yozilishicha, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan qarorlar xususiy sektorni yanada kengaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi uchun zamin yaratayapti.
Navbatdagi, oltinchi ochiq muloqotda biznesga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish, malakali kadrlar tayyorlash, energiya samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarni tatbiq etish hamda raqobatbardosh milliy brendlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi