“UN Journal”: O‘zbekiston xalqaro IT-kompaniyalar uchun jozibador markazga aylanmoqda

Iyul 01, 2026. 11:00 • 2 daq

1
“UN Journal”: O‘zbekiston xalqaro IT-kompaniyalar uchun jozibador markazga aylanmoqda

SEUL, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning nufuzli “UN Journal” nashrida O‘zbekistonda AKT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan tahliliy tahliliy maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyoti, qulay biznes muhiti va xalqaro investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar tufayli xorijiy yirik texnologik kompaniyalar hamda IT-mutaxassislar uchun mintaqadagi asosiy operatsion markazga aylanib borayotgani atroflicha tahlil qilingan.

Mamlakatda sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, “IT Park” rezidentlari uchun foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 0 foiz etib belgilangani, xorijlik investorlar va mutaxassislarga 3 yillik maxsus “IT-viza” taqdim etilayotgani Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Materialda xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi va unga moslashishini osonlashtirishga qaratilgan “Zero Risk” va “Softlanding” maxsus dasturlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Mazkur loyihalar kompaniyalarga tayyor infratuzilma taqdim etish, xodimlar xarajatlarini qoplab berish va maʼmuriy to‘siqlarni minimallashtirish orqali biznesni tezkor hamda xavf-xatarlarsiz yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.

Maqola yakunida koreyalik ekspertlarning xulosalari keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra, O‘zbekiston nafaqat operatsion ofislarni ko‘chirish, balki xalqaro tech-biznesni global bozorlarga olib chiqish uchun ham eng qulay va strategik maydon sifatida Markaziy Osiyoda yetakchilikni o‘z qo‘liga olayotgani alohida taʼkidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish