Saida Mirziyoyeva: YUNESKO bosh qarorgohidagi har bir uchrashuv strategik hamkorligimizni yana-da chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi

Iyul 01, 2026. 09:30 • 56 soniya

108
Saida Mirziyoyeva: YUNESKO bosh qarorgohidagi har bir uchrashuv strategik hamkorligimizni yana-da chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi

TOSHKENT, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Parijda YUNESKO bosh direktori Holid al-Ananiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“YUNESKO bosh direktori Holid al-Ananiy bilan uchrashib, Samarqandda bo‘lib o‘tgan Bosh konferensiyaning 43-sessiyasida erishilgan kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qildik, – deb yozdi. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Inson kapitali, sunʼiy intellekt va kreativ industriyalarni rivojlantirish, xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy merosni asrab-avaylash masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.

YUNESKO bosh qarorgohidagi har bir uchrashuv strategik hamkorligimizni yana-da chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish