O‘zbekiston va Avstraliya yetakchi kompaniyalari qo‘shma loyihalarni kengaytirishdan manfaatdor
May 21, 2026. 20:55 • 2 daq
• 29
TOSHKENT, 21-may /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Avstraliyaning yurtimizdagi elchisi Jon Giring bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIVning xabar berishicha, muloqot davomida barcha ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani va sezilarli natijalarga erishilgani, turli darajalardagi delegatsiyalar almashinuvi faollashgani qayd etilgan.
Tomonlar investitsiyalar, sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, tog‘-kon sanoati sohalarida ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini maʼlum qildi.
Taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, dunyoning eng yaxshi 100 ta oliy taʼlim muassasalari qatoriga kiruvchi Avstraliya universitetlari bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston–Avstraliya sherikligini yana-da rivojlantirish, hamkorlikni aniq kelishuvlar va o‘zaro manfaatli loyihalar bilan boyitish muhimligi taʼkidlandi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

TIVda Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi



