O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Hindiston sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
May 16, 2026. 14:00 • 47 soniya
• 108
DEHLI, 16-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida Dehli shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vaziri o‘rinbosari Punya Salila Srivastava bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va yuqori texnologiyali xizmatlar sohalaridagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tartibli tibbiy turizm sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




