O‘zbekiston va Belarus adliya idoralari elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

Avgust 18, 2026. 11:28 • 1 daq

8
O‘zbekiston va Belarus adliya idoralari elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

MINSK, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus adliya vaziri Yevgeniy Kovalenko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida O‘zbekiston–Belarus hamkorligining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida adliya organlari o‘rtasida hujjatlarni raqamlashtirish va idoralararo elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo‘yishning texnik jihatlarini muhokama qildi.

Shuningdek, Belarusda faoliyat yuritayotgan o‘zbek tadbirkorlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus adliya vazirliklarining MDH hamda ShHT kabi xalqaro maydonlardagi o‘zaro munosabatlari, qo‘shma loyihalari ijobiy baholandi.

Tomonlar ikki davlat rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning amaliy ijrosini taʼminlash bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish