O‘zbekiston va Belarus ikki tomonlama munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi

Iyul 09, 2026. 18:05 • 3 daq

83
O‘zbekiston va Belarus ikki tomonlama munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi

TOSHKENT, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Jumladan:

– 2026-2030-yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturi;

– 2005-yil 19-yanvardagi “Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risida”gi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;

– Belarus Respublikasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risida bitim;

– O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– 2026-2028-yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi;

– O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rtasida 2027-2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

– O‘zaro sayyohlar oqimni ko‘paytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi;

– 2026-2028-yillarda agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Belarusning “Bellegprom” davlat konserni o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi o‘rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;

– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Belarus Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Belarus strategik tadqiqotlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston – Belarus ekspertlar kengashini taʼsis etish to‘g‘risida memorandum;

– O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi o‘rtasida agrosanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ahdlashuv memorandumi;

– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi.

Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Respublikasi Fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi o‘rtasida ham memorandum imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish