O‘zbekiston va Polsha universitetlari o‘rtasida talabalar almashinuvi bo‘yicha bitim imzolandi

Iyul 09, 2026. 17:30 • 2 daq

91

VARSHAVA, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT University) hamda Polshaning Gdansk universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi bo‘yicha bitim imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIFT University delegatsiyasining Polshaga tashrifi doirasida Gdansk universiteti rektori, professor Pyotr Stepnovskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar taʼlim va ilmiy aloqalarni rivojlantirish, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama diplom dasturlarini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Imzolangan hujjat universitetlar o‘rtasida akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma taʼlim tashabbuslarini amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.

Ishchi uchrashuvlar doirasida ikki oliy o‘quv yurti vakillari hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini belgilab oldi. Iqtisodiyot, moliya, logistika, boshqaruv va barqaror moliyalashtirish sohalarida qo‘shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda o‘quv dasturlarini muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Polsha tomoni oliy taʼlim sohasida o‘zaro hamkorlik kengayib borayotganini taʼkidladi. Shu bois, ayni paytda Polshada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni ortib borayotganini qayd etdi.

TIFT University va Gdansk universiteti o‘rtasida kelishuv imzolanishi O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi taʼlim aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi. Tomonlar qo‘shma o‘quv dasturlari, ilmiy loyihalar va akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish