O‘zbekiston va Chexiya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Noyabr 16, 2026. 12:30 • 2 daq

• 44
O‘zbekiston va Chexiya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Chexiya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Chexiya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Chexiya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

PRAGA, 16-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Chexiyada mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlarda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, mamlakatimizning Chexiyadagi elchixonasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi vakillari, chexiyalik ish beruvchi va rekruting kompaniyalari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.

Uchrashuvda Chexiya mehnat bozoridagi mavjud ehtiyojlar, O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb etish imkoniyatlari, talab etiladigan kasbiy malaka va ko‘nikmalar, ishga joylashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Chexiya kompaniyalari vakillari O‘zbekiston bilan mehnat migratsiyasi yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Suhbat chog‘ida qurilish, xizmat ko‘rsatish, mavsumiy ishlar hamda tibbiyot sohalarida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, ishchi kuchini tanlash va ishga joylashtirish jarayonlarini qonuniy hamda shaffof asosda tashkil etish, nomzodlarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlash va viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Pragada bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi mansabdor shaxslar yig‘ilishida ham O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi. Unda xalqaro migratsiya jarayonlarini tartibga solish, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. O‘zbekiston vakili mamlakatimizning migratsiya sohasidagi yondashuvlari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi pozitsiyasini bayon etdi.

Mazkur tadbirlar O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, Chexiya ish beruvchilari bilan bevosita aloqalarni mustahkamlash hamda O‘zbekiston fuqarolarining xorijda qonuniy va munosib mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish