O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan 16-17-noyabr kunlari O‘monda bo‘ladi

Noyabr 15, 2026. 15:05 • 52 soniya

• 35
O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan 16-17-noyabr kunlari O‘monda bo‘ladi

TOSHKЕNT, 15-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning taklifiga binoan 16-17-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak sammit kun tartibidan O‘zbekiston–O‘mon munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini faollashtirish masalalari o‘rin olgan.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bir qator hujjat va bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish