O‘zbekiston va Daniya ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Noyabr 19, 2026. 15:30 • 2 daq

• 9
O‘zbekiston va Daniya ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Daniya ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Daniya ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Daniya ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

KOPЕNGAGЕN, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Daniyadagi elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Rahmatulla Nurimbetov Kopengagen shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib, ikki tomonloma hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen bilan uchrashuvda u o‘zining 2–3-oktabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan, ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi ilk tashrifi yakunlariga yuqori baho berdi. Mazkur tashrif hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratgani ta’kidlandi. Tomonlar erishilgan kelishuvlarni, avvalo, investitsiyaviy, tarmoq va texnologik sheriklik sohalarida tezroq amaliy bosqichga o‘tkazish muhimligini qayd etdilar. 

Daniya parlamenti (Folketing) raisining o‘rinbosari Karsten Xyonne bilan esa parlamentlararo muloqotni, jumladan, “Markaziy Osiyo – Shimoliy mamlakatlar” formatida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va parlament delegatsiyalari almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muzokaralarda iqtisodiy kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi. Daniya sanoat konfederatsiyasida (DI) vitse-direktor Yens Xolst-Nilsen bilan Daniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etish istiqbollari, shuningdek, agrosanoat majmuasi, “yashil” energetika, suv xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida Daniya texnologiyalarini mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Konfederatsiyaning “DI International Recruitment” bo‘linmasi bilan Daniya korxonalari uchun o‘zbekistonlik o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tashkiliy tarzda jalb etish masalalari muhokama qilindi. “Travel to Farm” kompaniyasi bilan esa O‘zbekiston agrar oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilarining Daniya fermer xo‘jaliklarida amaliyot o‘tashi bo‘yicha pilot loyihani birgalikda o‘rganishga kelishib olindi.

Daniya Ta’lim vazirligining O‘rta kasb-hunar ta’limi markazi departamenti rahbari Kristian Vestergor Slot bilan malakalarni tan olish, dual ta’lim bo‘yicha Daniya tajribasini joriy etish, pedagoglar malakasini oshirish va O‘zbekiston texnik kollejlarida pilot ta’lim dasturlarini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi. Milliy muzeyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, Daniyada O‘zbekiston merosiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish hamda muzeylar va kreativ industriyalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish