O‘zbekiston va Shotlandiya mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Noyabr 19, 2026. 12:30 • 2 daq

• 10
O‘zbekiston va Shotlandiya mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

EDINBURG, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Ravshan Usmanovning Edinburg shahriga amaliy tashrifi doirasida Shotlandiya hukumatining migratsiya strategiyasi bo‘yicha guruhi rahbari Jek Tirlvell va “Ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Worker Support Centre” Shotlandiyadagi mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga ixtisoslashgan mustaqil xayriya tashkilotidir. Markaz qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy parvarish sohalarida mavsumiy ishchi vizalari orqali mamlakatga kelayotgan xorijiy fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Tashkilot vakillari mavsumiy ishchilarga maslahat berish, ularning muammolarini tegishli idoralarga yetkazish, mehnat huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va sohaviy tadbirlar o‘tkazish borasidagi faoliyati haqida so‘zlab berdilar.

Muzokaralar chog‘ida Shotlandiyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularga amaliy va yuridik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Elchixona migrantlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini ta’minlash, sharoitlarini yaxshilash hamda qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratdi. Tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish va fuqarolar murojaatlarini birgalikda ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida Shotlandiya hukumati, “Worker Support Centre” va O‘zbekiston Migratsiya agentligi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ushbu yo‘nalishda amaliy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish