Logo

O‘zbekiston va Fransiya bandlik, kasbiy taʼlim va tibbiyot xodimlarini tayyorlash sohalarida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Aprel 23, 2026. 09:25 • 2 daq

111
O‘zbekiston va Fransiya bandlik, kasbiy taʼlim va tibbiyot xodimlarini tayyorlash sohalarida hamkorlikni mustahkamlamoqda

PARIJ, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston elchixonasida mamlakatimiz Migratsiya agentligi vakillarining Fransiya Savdo va taqsimot federatsiyasi (FCD), shuningdek Parij davlat shifoxonalari tizimi (Assistance publique – Hôpitaux de Paris) rahbariyati bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvlar doirasida tomonlar bandlik, kasbiy taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimida malakali tibbiyot xodimlarini yetishtirish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Xususan, sheriklik aloqalarini kengaytirish, tajriba almashish va mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, shuningdek institutsional hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish va konstruktiv muloqotni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuvlar ishchan va konstruktiv ruhda o‘tdi hamda O‘zbekiston va Fransiyaning tegishli tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishni tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish