Qozog‘istonning Atirau shahrida vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Aprel 19, 2026. 17:30 • 57 soniya
• 129ATIRAU, 22-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonning Atirau shahrida doimiy va vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sayyor qabulda vatandoshlarga konsullik-huquqiy masalalar yuzasidan kerakli maslahatlar berildi. Qabul doirasida Oqtov shahriga borish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarga zarur konsullik xizmatlari ko‘rsatildi va tegishli maʼlumotnomalar berildi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida Qozog‘iston qonunchiligiga rioya qilish, intizomli bo‘lish, O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, radikal oqimlar va noqonuniy guruhlarga qo‘shilishning oldini olish masalalari xususida to‘xtalib o‘tildi.
Hamyurtlarga O‘zbekiston Migratsiya agentligi orqali boshqa davlatlarga uyushgan holda chiqish masalalari tushuntirildi. Vatandoshlarga doimiy aloqada bo‘lish va yuzaga keladigan savollar bo‘yicha murojaat qilish uchun aloqa kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar taqdim etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

