O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Sentabr 30, 2026. 17:30 • 1 daq

• 46
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

AL-KUVAYT, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Amir devoni ishlari vaziri shayx Hamad Jobir al-Ali as-Saboh bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat davomida O‘zbekiston–Kuvayt munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, oliy darajadagi muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan alohida fikr almashildi.

Kuvaytliklar O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga tayyorligini ta’kidlandi.

Kuvayt tomoni avval O‘zbekistonga tashrif buyurganini eslab, mamlakat haqida iliq fikrlar bildirdi. U O‘zbekiston xalqining mehmondo‘stligi, milliy urf-odat va an’analari, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va xavfsiz muhit unda yaxshi taassurot qoldirganini e’tirof etdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish