O‘zbekiston va O‘mon davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Dekabr 02, 2025. 18:52 • 51 soniya
• 195
MASKAT, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon mehnat vaziri Mahad Baavin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda vazir unga ko‘rsatilgan eʼtibor va joriy yilning 23-25-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Davlat xizmati forumi doirasida yuqori darajadagi uchrashuvlar tashkil etilgani uchun O‘zbekistonning tegishli idoralariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Muloqot davomida sohaga masʼul rahbarlarning o‘zaro tashriflarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston–O‘mon munosabatlarini rivojlantirish va davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish muhimligi taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi