Logo

O‘zbekiston elchisi O‘mon sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashdi

Noyabr 27, 2025. 18:24 • 29 soniya

56
O‘zbekiston elchisi O‘mon sog‘liqni saqlash vaziri bilan uchrashdi

MASKAT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov O‘mon sog‘liqni saqlash vaziri Hilol al-Sabti bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot jarayonida ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldagi hamkorlik aloqalari mustahkamlash, tibbiy tayyorgarlikni yuksaltirish, kadrlar salohiyatini oshirish, tajriba almashish va tizimni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni imzolash masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari o‘rtasida tajriba almashish va birgalikda loyihalar ishlab chiqish borasida fikr-mulohaza almashildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro sheriklikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish