Tojikiston teatrida o‘zbek spektakli namoyish qilindi
Dekabr 16, 2025. 15:44 • 32 soniya
• 86DUSHANBE, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. Abulqosim Loxuti nomidagi Tojikiston Akademik drama teatrida Surxondaryo viloyati akademik drama teatri vakillari tomonidan sahnalashtirilgan “Makr va muhabbat” spektakli namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Surxondaryolik sanʼatkorlarning Tojikistonga uyushtirilgan gastroli doirasida turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etildi. Unda o‘zbek diaspora vakillari, talabalar hamda tojikistonlik sanʼat va madaniyat sohasi vakillari ishtirok etdi.
Fridrix Shiller asari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Spektakl so‘nggida Tojikiston hamda Surxondaryo viloyati akademik drama teatri rahbarlari va ijodkorlari so‘zga chiqib, ikki davlat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan do‘stona siyosat xalqlarning yaqinlashuviga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Germaniya poytaxtida o‘zbek so‘zanalari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Polshada “Ayol qismati” o‘zbek filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
“Anna German qo‘shiqlari” festivalida yurtdoshlarimiz sovrindor bo‘ldi



