O‘zbekiston va Rostov o‘rtasida turizm sohasida yangi hamkorlik loyihalari ko‘rib chiqildi
Avgust 31, 2026. 18:50 • 2 daq
• 51
ROSTOV-DON, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiya turizm sohasi vakillari bilan onlayn muloqot tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari, yetakchi mahalliy turoperatorlar, Rostov viloyati Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Turizmni rivojlantirish agentligi va hududiy turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Muloqotda yurtimizning Rossiya bozoridagi turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish, ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda rossiyalik sayyohlar uchun yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning madaniy-maʼrifiy, tarixiy, gastronomik va ziyorat turizmi yo‘nalishlari, shuningdek, xorijiy sayyohlarni qabul qilish uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida turoperatorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, turistik takliflar va axborot materiallari almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda yangi turistik mahsulotlarni shakllantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha B2B muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mazkur muloqot O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turizm sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda rossiyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan navbatdagi qadam bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi