O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar hamda migratsiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Noyabr 27, 2026. 19:10 • 56 soniya

• 73
O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar hamda migratsiya sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

TOSHKЕNT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Ruminiya elchisi Daniyel Kristian Chobanu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida konsullik-huquqiy masalalar hamda migratsiya sohasidagi hamkorlik, xususan, O‘zbekiston fuqarolarini Ruminiyada ishga joylashtirishni tashkil etish, hukumatlararo bitim tuzish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Ruminiya rekruting kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish hamda ularning respublikadagi xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish