O‘zbekistonning maxsus vakili va Polsha Sharq tadqiqotlari markazi direktori Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Noyabr 23, 2026. 17:30 • 52 soniya
• 112
TOSHKЕNT, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Polsha Sharq tadqiqotlari markazi direktori Voysex Kononchuk bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar Afg‘onistondagi joriy vaziyat, Afg‘oniston yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikning ayrim masalalarini muhokama qildi.
Voysex Kononchuk O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, Toshkent va Varshava o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan ikki tomonning o‘zaro manfaatdorligi ta’kidlandi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi