O‘zbekiston va Avstriya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 8-davrasi o‘tkazildi

Noyabr 20, 2026. 20:00 • 1 daq

• 165
O‘zbekiston va Avstriya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 8-davrasi o‘tkazildi

TOSHKENT, 20-noyabr. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Avstriya Federal Yevropa va xalqaro ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 8-davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, Avstriya delegatsiyasiga Federal Yevropa va xalqaro ishlar vazirligining siyosiy masalalar bo‘yicha direktori Xanna Liko rahbarlik qildi.

Tomonlar siyosiy-diplomatik hamkorlikning borishi, bugungi holati va istiqbollari, savdo-investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqotni chuqurlashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar yakunida O‘zbekiston–Avstriya hamkorligini yanada chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi intilishlar ta’kidlandi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish