Vashingtonda huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi

Oktabr 18, 2026. 14:00 • 3 daq

• 223
Vashingtonda huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi
Vashingtonda huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi
Vashingtonda huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi
Vashingtonda huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi
Vashingtonda huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi
Vashingtonda huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi

VASHINGTON, 18-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida huquq sohasida “Uzbek Law Day – USA 2026” O‘zbekiston–Amerika forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu forum diplomatik vakolatxona hamda yurtimizning “Lawday” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad amerikalik hamkorlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish kafolatlari, xalqaro arbitraj va tijorat nizolarini hal etish mexanizmlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birga, forum davomida investitsiya loyihalarini huquqiy hamrohlik bilan ta’minlash va AQSH yuridik kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Forumda AQSHning “White & Case”, “Norton Rose Fulbright”, “Clark Hill”, “Arnall Golden Gregory”, “Squire Patton Boggs” va “Norbeck & Partners” kabi yetakchi yuridik kompaniyalari, “Willis Towers Watson” konsalting va sug‘urta kompaniyasi, AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP), Amerika–O‘zbekiston savdo palatasi vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston tomonidan “PraeLegal Uzbekistan” va “Solvo Law Firm” yuridik firmalari, Toshkent xalqaro arbitraj markazi, advokatlik byurolari hamda soha mutaxassislari qatnashdi.

Ishtirokchilar investitsiya qonunchiligini takomillashtirish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish xorijiy investorlar ishtirokidagi loyihalarni moliyalashtirish hamda amalga oshirish uchun qo‘shimcha huquqiy imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Uchrashuvda amerikalik ishtirokchilar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va huquqiy himoya qilish borasidagi islohotlar, investitsiya qonunchiligi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, tog‘-kon sanoatida investorlarning huquq va imkoniyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston va AQSH yuridik kompaniyalari vakillari to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatib, investitsiya loyihalarini huquqiy hamrohlik bilan ta’minlash, xalqaro arbitraj sohasida tajriba almashish hamda qo‘shma kasbiy tadbirlarni tashkil etish istiqbollarini muhokama qildi.

Amerika–O‘zbekiston huquqshunoslar assotsiatsiyasi (AULA) tashkil etilgani haqida ham alohida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, “Uzbek Law Day – USA 2026”ga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Amerika–Kanada o‘zbekistonlik huquqshunoslar assotsiatsiyasi (ACULA) tuzilgani rasman e’lon qilindi. Yangi tashkilotning ilk yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston, AQSH va Kanada huquqshunoslari hamjamiyatlari o‘rtasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro huquqiy tajriba almashish, O‘zbekistonga yo‘naltirilayotgan xorijiy investitsiyalarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, xalqaro arbitraj va tijorat huquqi sohasida hamkorlikni rivojlantirish uyushmaning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish