Polshada O‘zbekistonning suv ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Oktabr 17, 2026. 18:00 • 2 daq

• 159
Polshada O‘zbekistonning suv ta’minoti tizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

VARSHAVA, 17-oktabr. /“Dunyo” AA/.O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida “Apator S.A.” kompaniyasi bosh direktori Gjegoj Staribrat va Polsha taraqqiyot fondining chet el ekspansiyasi fondi (“PFR TFI S.A.”) direktori Marek Buchak bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini raqamli transformatsiya qilish uchun polyak investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, shuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Orolbo‘yi mintaqasida suv resurslarini boshqarishning intellektual texnologiyalarini joriy etish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, suv ta’minotini boshqarish samaradorligini oshirish va suv yo‘qotishlarini keskin kamaytirish imkonini beruvchi “Apator” uskunalari hamda zamonaviy ultratovushli suv hisoblagichlarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, polyak kompaniyasi va o‘zbekistonlik hamkorlar ishtirokida qo‘shma korxona tashkil etish, loyihani moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bozorlariga eksport qilish istiqbollari xususida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, polyak kompaniyalarining “Yangi Toshkent” bosh rejasi doirasidagi investitsiyaviy va qurilish loyihalarida ishtirok etishi muhokama qilindi.

Polsha tomoni Qoraqalpog‘istonda suv ta’minotini yaxshilash loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etishga va tashkil etilayotgan qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga investitsiya kiritishga tayyorligini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish