O‘zbekiston besh oyda 11 ta mamlakatga 36,5 million dollarlik gilos eksport qildi
Iyul 04, 2026. 11:00 • 2 daq
• 37
TOSHKENT, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga umumiy qiymati 36,5 million dollarlik qariyb 16,8 ming tonna gilos eksport qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston gilosining asosiy savdo bozori Rossiya bo‘lib qolmoqda. Hisobot davrida ushbu mamlakatga 11,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan bo‘lib, bu umumiy eksportning qariyb 70 foizini tashkil etadi. Shuningdek, Qirg‘izistonga 2,6 ming tonna, Qozog‘istonga 2 ming tonna, Belarusga 135,3 tonna, BAAga 116,7 tonna gilos jo‘natilgan. Boshqa davlatlar hissasiga esa qariyb 140 tonna mahsulot to‘g‘ri keldi.
Tahlilchilarning fikricha, ho‘l meva-sabzavot eksporti O‘zbekiston tashqi savdosining eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Yetkazib berish jug‘rofiyasining kengayishi esa O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi