Belarusdagi universitetni tamomlagan o‘zbekistonlik bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

Iyul 04, 2026. 10:00 • 2 daq

15
Belarusdagi universitetni tamomlagan o‘zbekistonlik bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

MINSK, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini yakunlagan xorijlik bitiruvchilar, xususan, o‘zbekistonlik talabalarga diplomlar topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, diplomatik korpus vakillari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda O‘zbekiston Umumjahon yoshlar assotsiatsiyasi vakili ishtirok etdi. Marosim davomida yosh mutaxassislarga tabrik va ezgu tilaklar bildirildi, ularning o‘quv, ilmiy hamda ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlari alohida qayd etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi vakillari ikki davlat o‘rtasidagi taʼlim va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Ular bitiruvchilar egallagan bilim va kasbiy ko‘nikmalar mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Shu bilan birga, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik aloqalari va madaniy almashinuvlarni mustahkamlashda yoshlar tashkilotlarining o‘rni alohida taʼkidlandi. O‘zbekiston Umumjahon yoshlar assotsiatsiyasi vakili bitiruvchilarni oliy maʼlumot olgani bilan qutlab, ularning kelgusi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish