Madriddan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi konstruktiv diplomatiya namunasi bo‘ldi

Iyul 04, 2026. 09:00 • 2 daq

96
Madriddan munosabat: O‘zbekiston Prezidentining Gruziyaga davlat tashrifi konstruktiv diplomatiya namunasi bo‘ldi

MADRID, 4-iyul. /“Dunyo” AA/. Ispaniyadagi Umum-Yevropa ittifoqi prezidenti, professor Karlos Uriarte Sanches “Dunyo” AAga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2–3-iyul kunlari Gruziyaga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:

– O‘zbekiston Prezidentining Gruziyaga tashrifi nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki butun Yevroosiyo makonida hamkorlikni mustahkamlash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday darajadagi davlat tashrifi o‘zaro ishonch, ochiq muloqotga intilish va uzoq muddatli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorlikni namoyon etadi.

Gruziya rahbariyatining O‘zbekiston Prezidentini oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori alohida tahsinga sazovor. Bu uning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli sheriklikni ilgari surish borasidagi izchil saʼy-harakatlari eʼtirofidir.

Bugungi kunda O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev yetakchiligida sarmoyalar, iqtisodiy kooperatsiya va gumanitar hamkorlik uchun ochiq bo‘lgan Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylanmoqda. Savdo, transport, raqamli texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida O‘zbekiston–Gruziya hamkorligining kengayishi har ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi hamda mintaqada barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu tarixiy tashrif natijalari O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochib, o‘zaro hurmat, ishonch va umumiy maqsadlarga asoslangan konstruktiv diplomatiya namunasi bo‘lib xizmat qilishiga ishonchim komil.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish