O‘zbek kinoijodkorlarining «Vata» filmi Moskvadagi «Yevroosiyo ko‘prigi» kinofestivalining Gran-prisini qo‘lga kiritdi

Oktabr 12, 2026. 17:12 • 2 daq

• 11
O‘zbek kinoijodkorlarining «Vata» filmi Moskvadagi «Yevroosiyo ko‘prigi» kinofestivalining Gran-prisini qo‘lga kiritdi

MOSKVA, 12-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Moskvada bo‘lib o‘tgan X Xalqaro «Yevroosiyo ko‘prigi» kinofestivalida o‘zbekistonlik rejissyor Rashid Malikovning «Vata» filmi «Eng yaxshi film» nominatsiyasida Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Kartinada hayot qiyinchiliklari va qator muammolarga duch kelib, yangi hayot mazmunini izlayotgan ayol taqdiri haqida hikoya qilinadi. Hay’at a’zosi Mariya Borodyanskaya film turli mamlakatlar tomoshabinlariga tushunarli bo‘lgan muhim ijtimoiy muammolarni ochib berishini ta’kidlab, mazkur mukofot unga keng auditoriya topishda xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Rejissyor Rashid Malikov ushbu yutuq aktyorlar, prodyuserlar, operatorlar, rassom va bastakorlardan iborat butun ijodiy jamoaning xizmati ekanini qayd etdi. Rejissyor kinematografiyaning birlashtiruvchi kuchiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Film yaratayotganda uni tomoshabin qanday qabul qilishini oldindan bilmaysiz. Bu hikoya bilan uzoq vaqt yashaysiz, unga kuch, hayajon va umidlarni sindirasiz, keyin esa uni qo‘yib yuborasiz va endi hech narsaga ta’sir qila olmaysiz. Shuning uchun filmning e’tirof topishi ayniqsa muhimdir», – dedi Rashid Malikov.

«Yevroosiyo ko‘prigi» festivali 2016-yildan buyon Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida o‘tkazib kelinadi. Mazkur anjuman ilk bor Moskva shahrida o‘tkazilib, 14 davlat ijodkorlarini birlashtirdi.

Poytaxtning yettita maydonchasida tomoshabinlarga 28 ta film taqdim etildi. Festivalda O‘zbekiston bilan birgalikda Rossiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Gretsiya, Hindiston, Ispaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Ruminiya, Turkiya va Shveysariya vakillari ishtirok etdi.

Tadbirning axborot yoritilishi Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan, «Kultura» gazetasi, «Rossiyskaya gazeta», «TASS» axborot agentligi hamda «Kino Mail» portali tomonidan ta’minlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish