O‘zbekiston va Yaponiya foydali qazilmalarni ekologik xavfsiz qazib olish sohasida hamkorlikni rejalashtirmoqda

Oktabr 12, 2026. 15:00 • 2 daq

• 123
O‘zbekiston va Yaponiya foydali qazilmalarni ekologik xavfsiz qazib olish sohasida hamkorlikni rejalashtirmoqda

TOKIO, 12-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida Hokkaydo universiteti professori Yoxei Kavamura bilan tog‘-kon sanoati, ekologik xavfsizlik va raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda yapon tomoni qazib olish samaradorligini oshirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish uchun sun’iy intellekt, konlarning raqamli egizaklari hamda ekologik monitoring tizimlaridan foydalanishni nazarda tutuvchi “Smart Mining Plus” konsepsiyasini taqdim etdi.

Tomonlar O‘zbekistonning noyob va muhim ahamiyatga ega minerallarni qazib olish sohasidagi salohiyatini, shuningdek, Yaponiya universitetlari, ilmiy muassasalari va kompaniyalarini jalb etgan holda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida yapon hamkorlari bilan muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish