O‘zbekiston paviloni Istanbuldagi xalqaro madaniyat festivalida eng ko‘p tashrif buyuruvchilardan biriga aylandi
Iyun 19, 2026. 20:00 • 2 daq
• 1
ISTANBUL, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning Bahcheshehir universitetida xalqaro madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hamkorligida mamlakatimizning milliy paviloni tashkil etildi.
Tadbirda Turkiyada akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik vakolatxonalar, universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, minglab talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdi.
Festival ishtirokchilariga O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, mamlakatning turizm salohiyati, milliy an’ana va qadriyatlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan materiallar taqdim etildi.
Tadbir dasturxoniga o‘zbek palovi tortildi. Milliy taom mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, Bosh konsulxona xodimlari festival ishtirokchilari bilan qator uchrashuv va suhbatlar o‘tkazib, ularni O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar hamda ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Festival davomida O‘zbekiston paviloni eng jozibador maydonlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi