Logo

O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi

Dekabr 08, 2025. 13:04 • 51 soniya

108
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi

SANKT-PETERBURG, 11-dekabr. / “Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg milliy tadqiqot universitetining Axborot texnologiyalari va dasturlash fakultetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Karen Baratyans “Max” milliy messenjeri uchun chat-botlar va mini-ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha talabalar tanlovida “TinchTech” loyihasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, xakaton bir necha bosqichda o‘tkazildi. Final bosqichi Moskvada bo‘lib o‘tdi. Finalga “MAX” (Moskva xakatonlar akademiyasi) va “VK Education” ekspertlari tomonidan tanlangan 1,5 mingdan ortiq ishtirokchilardan iborat 56 ta jamoa chiqdi.

Jamoalar 50 dan ortiq bot prototiplari va mini-ilovalarni taqdim etdi. “MAX” milliy messenjeri uchun chat-botlar va mini-ilovalar yaratish bo‘yicha birinchi talabalar xakatoni finali raqamlashtirish, samaradorlik va ijtimoiy trek yo‘nalishida bo‘ldi.

“VK Education” taʼlim loyihalari bo‘yicha vitse-prezident o‘rinbosari Anna Stepanova quyidagilarni taʼkidladi:

– Tanlov yorqin lahzalarga boy o‘tdi. Biz xakaton boshlangan paytda tanlovning bunday keng ko‘lamda bo‘lishini kutmagan edik. Ammo 110 ta shahardan 2700 ta ariza topshirildi. “Max” messenjeri uchun samarali raqamli yechimlar yaratilgani va taklif etilganidan juda mamnunmiz.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish