O‘zbekiston Prezidenti 23–24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi
Noyabr 22, 2026. 15:20 • 1 daq
• 82
TOSHKЕNT, 22-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23–24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston – Iordaniya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Xususan, to‘qimachilik, tog‘-kon va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika kabi ustuvor sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalar va sayyohlik almashinuvlarini faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi