Logo

2025-yilda 86 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun O‘zbekistonni tanlagan

Yanvar 27, 2026. 12:31 • 41 soniya

96
2025-yilda 86 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun O‘zbekistonni tanlagan

TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. 2025-yilda 86 ming 199 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqada tibbiyot turizmining yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida o‘z mavqeini izchil mustahkamlab bormoqda.

Xorijiy bemorlarning asosiy oqimi qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri keldi. Birinchi o‘rinda Tojikiston (59 ming 145 kishi), keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (15 ming 631) va Qozog‘iston (8 ming 224 kishi). O‘zbekistonning tibbiy xizmatlariga Rossiya (1 ming 899), Afg‘oniston (914), Turkmaniston (224), Turkiya (47), AQSh (16), Xitoy (15), Ozarbayjon (11) va boshqa davlatlar (73 kishi) fuqarolari murojaat qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston tibbiy xizmatlariga qiziqishining ortishi tibbiy yordam sifatining yaxshilanishi, ixtisoslashtirilgan klinikalarning rivojlanishi, davolash va reabilitatsiya uchun qulay shart-sharoitlarning yaratilishini aks ettiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish