Logo

“Kazinform” XAA: Qozog‘iston – O‘zbekiston suv-energetika sohasidagi hamkorlik takomillashtiriladi

Yanvar 20, 2026. 18:27 • 2 daq

128
“Kazinform” XAA: Qozog‘iston – O‘zbekiston suv-energetika sohasidagi hamkorlik takomillashtiriladi

TURKISTON, 23-yanvar. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning “Kazinform” xalqaro axborot agentligida Qozog‘iston va O‘zbekistonning suv-energetika sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, Turkiston viloyatida o‘tkazilgan qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Uchrashuvda Qozog‘iston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kosherov mavzu yuzasidan so‘z yuritgan.

Muloqot jarayonida Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligining o‘zaro manfaatli barqaror mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida ham fikr-mulohaza almashilgan.

Tomonlar ikki tomonlama suv va suv-energetika hamkorligi, xususan, “Do‘stlik” davlatlararo kanalini tozalash va taʼmirlash ishlarini muhokama qilgan.

“Joriy yilda “Do‘stlik” kanalini mexanizatsiyalashgan holda tozalash va bosh inshootlarni taʼmirlash ishlari davom ettiriladi. Tomonlar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish sohasida tajriba almashishga kelishib oldi. Shu bilan birga, Sirdaryoda 10 ta avtomatlashtirilgan gidropost – har bir davlat hududida 5 tadan inshoot o‘rnatish loyihasini amalga oshirishni boshlash rejalashtirilgan”, deya bayon etilgan nashrda.

Maqolada taʼkidlanishicha, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida ishlab chiqilgan loyiha transchegaraviy suvlarni taqsimlashda shaffoflik va aniqlikni taʼminlashga qaratilgan. Ayni paytda GIZ texnik topshiriqni ishlab chiqishni yakunlagan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish