Logo

O‘zbekiston insonparvarlik saʼy-harakatlarini, G‘azo xalqining farovonligi va ravnaqini qo‘llab-quvvatlaydi

Yanvar 27, 2026. 14:43 • 36 soniya

53
O‘zbekiston insonparvarlik saʼy-harakatlarini, G‘azo xalqining farovonligi va ravnaqini qo‘llab-quvvatlaydi

TOSHKENT, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fath Ijroya qo‘mitasi bosh kotibi Jibril Mahmud Muhammad Rajab bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Fath Ijroya qo‘mitasi bosh kotibi Jibril Mahmud Muhammad al-Rajub janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Falastin o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildik. Siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash va ko‘plab sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdik.

O‘zbekiston Falastin xalqi uchun tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotga erishishga qaratilgan intilishlarni doimo qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. G‘azo xalqining ravnaqi va farovonligini taʼminlash borasidagi insonparvarlik saʼy-harakatlariga ko‘maklashishga sodiqligimizni yana bir bor taʼkidlaymiz”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish