“IT Park Uzbekistan” Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Sentabr 09, 2026. 16:00 • 2 daq

132
“IT Park Uzbekistan” Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
“IT Park Uzbekistan” Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
“IT Park Uzbekistan” Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
“IT Park Uzbekistan” Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

AR-RIYOZ, 9-sentabr. /“Dunyo” AA/. “IT Park Uzbekistan” vakillari Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tgan “LEAP 2026” xalqaro texnologiya ko‘rgazmasida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir doirasida “IT Park Uzbekistan”ning Ar-Riyozdagi ofisida saudiyalik IT-kompaniyalar vakillari ishtirokida “davra suhbati” o‘tkazildi. Ishtirokchilarga O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot, dasturlash, startaplar va IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Tomonlar “IT Park” rezidentlari uchun yaratilgan sharoitlar, soliq imtiyozlari, investitsiyalarni jalb etish va eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar. Taʼkidlanganidek, rezidentlar orasida AQSh, Kanada, Fransiya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni kompaniyalari hamda mutaxassislari allaqachon faoliyat yuritmoqda, O‘zbekistondan IT-xizmatlar eksporti esa izchil o‘sishda davom etmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar raqamli ko‘nikmalarni va sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni, jumladan, “Bir million dasturchi” va “Sunʼiy intellekt bo‘yicha bir million yetakchi” loyihalarini hamda IT-taʼlimni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Saudiya Arabistonining “Proxima” va “ZATechnologies” kompaniyalari bilan hamkorlik hujjatlari imzolandi. “Al Rajhi Telecom” kompaniyasi bilan esa o‘zbek texnologik mahsulotlari va xizmatlarini Saudiya Arabistoni hamda Fors ko‘rfazining boshqa mamlakatlarida ilgari surish bo‘yicha memorandum tuzildi.

Saudiyalik hamkorlar joriy yilning 21–25-oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligida ishtirok etishga taklif qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish