Ashxobodda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuv jamoaviy tarzda namoyish qilindi

Iyun 29, 2026. 18:30 • 2 daq

ASHXOBOD, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Ashxobodda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi uchrashuvi katta ekran orqali namoyish qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomosha O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ramzi bo‘lgan “Toshkent” bog‘i hamda uning hududida joylashgan ayni nomdagi restoranda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv erta tongda boshlanganiga qaramasdan, tadbirda diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Turkmanistonda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz hamda mahalliy jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Muxlislar butun uchrashuv davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qizg‘in qo‘llab-quvvatlab, stadion muhitiga xos samimiy va ko‘tarinki kayfiyatni yaratdilar.

Tadbir qatnashchilari bunday sport tadbirlari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro yaqinlikni rivojlantirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga yangi sport yutuqlari, yorqin g‘alabalar va bo‘lajak xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tiladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish