O‘zbekiston va Xorvatiya shaharlari o‘rtasida yangi sheriklik yo‘nalishlari belgilandi
Iyun 29, 2026. 17:00 • 55 soniya
• 46
DUBROVNIK, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Xorvatiyada bo‘lib o‘tayotgan “Dubrovnik forumi” doirasida O‘zbekiston elchisi Oybek Shahavdinov Dubrovnik shahri meri Mato Frankovich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildi.
Suhbat jarayonida asosiy eʼtibor Samarqand va Dubrovnik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik hamda do‘stlik aloqalarini o‘rnatish masalalariga qaratildi.
Muzokaralar davomida Samarqand va Dubrovnik o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, ikki tomonlama madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish, har ikki shaharning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan o‘zaro taqdimotlarni tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, biznes-missiyalar almashinuvini faollashtirish, O‘zbekiston va Xorvatiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi