Atirau va Nukus o‘rtasidagi yangi aviaqatnov O‘zbekistonga sayyohlar oqimini yanada oshirmoqda
Noyabr 26, 2026. 11:00 • 2 daq
• 16ATIRAU, 26-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog‘istonning Atirau shahrida O‘zbekiston turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Atirau viloyati hokimligi, “Atameken” tadbirkorlar palatasi, mahalliy turistik agentliklar hamda yurtimiz turizm sohasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining yaqinda ochilgan Atirau va Nukus shaharlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovi haqida ma’lumot berildi. Mazkur yangi aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi Atirau viloyati aholisi uchun O‘zbekistonga sayohat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, zamonaviy klinikalar, sanatoriy-kurort muassasalari va sog‘lomlashtirish maskanlari haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, “AKFA Medline” klinikasining zamonaviy tibbiy xizmatlari, diagnostika va davolanish imkoniyatlari e’tirof etildi.
Shuningdek, “Tashtermal” va “Fanat Resort” sanatoriylarining davolash-sog‘lomlashtirish xizmatlari hamda dam olish imkoniyatlari haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.
Forum yakunida mahalliy turistik agentliklar bilan O‘zbekistonga turistik sayohatlarni tashkil etish, yangi turistik paketlar ishlab chiqish, tibbiy turizm yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish hamda turistik oqimni yanada oshirish masalalari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

