Bo‘stonliqda shamol elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi

Avgust 21, 2026. 15:30 • 58 soniya

1
Bo‘stonliqda shamol elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi

TOSHKENT, 21-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida quvvati 20 MVt bo‘lgan Chorvoq shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, stansiyaga har birining quvvati 5 MVt bo‘lgan to‘rtta shamol generatori o‘rnatilgan bo‘lib, ular yiliga 50 million kVt-soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin.

Yangi elektr stansiyasining ishga tushirilishi minglab mahalliy oilalarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, qariyb 12 million kub metr tabiiy gazni tejash va karbonat angidrid chiqindilarini yiliga taxminan 24 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, 20 mingga yaqin xonadon ekologik toza elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

Chorvoq SHES loyihasi Xitoyning 28 million AQSH dollari miqdoridagi grant ko‘rinishidagi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish