“Pakistan In the World”: O‘zbekiston 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi

Avgust 21, 2026. 14:30 • 2 daq

69
“Pakistan In the World”: O‘zbekiston 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi

ISLOMOBOD, 21-avgust. /“Dunyo” AA/. “Pakistan In the World” nashri O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik kengayib borayotgani haqida maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda yozilishicha, hamkorlik telekommunikatsiyalar, elektron hukumat, tibbiyot, sunʼiy intellekt va taʼlim sohalarini qamrab olmoqda. Koreya kompaniyalari O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani yaratishda ishtirok etmoqda va mamlakatda o‘z ofislarini ochmoqda.

Janubiy Koreya universitetlari o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlamoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonning IT-kompaniyalari Koreya bozoriga xizmatlar eksportini oshirmoqda.

Sanoat sohasida koreyalik hamkorlar bilan sheriklikda tashkil etilgan “Global Optical Communication Uzbekistan” korxonasi tomonidan 2022–2025-yillarda 657,5 milliard so‘mlik 232,1 ming kilometr optik tolali kabel ishlab chiqarilgan.

Maqolada sunʼiy intellektni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. O‘zbekistonda raqamli hukumat va sunʼiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyalar, yoshlarni STEM va IT sohalariga jalb etish dasturlari amalga oshirilmoqda. 2026-yilda mamlakat Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi.

Nashrning qayd etishicha, yaqin yillarda hamkorlikni raqamli hukumat, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari, tibbiy infratuzilma, sunʼiy intellekt bo‘yicha pilot loyihalar va taʼlim dasturlariga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish