Budapeshtda O‘zbekiston–Vengriya o‘rtasida suzish sporti sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Noyabr 20, 2026. 15:00 • 54 soniya
• 109
BUDAPЕSHT, 20-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya suzish federatsiyasi prezidenti, Olimpiada chempioni Shandor Vladar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda ikki mamlakat sport federatsiyalari o‘rtasida suzish sohasidagi hamkorlik istiqbollari, tajriba almashish, sportchilar hamda murabbiylarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Murabbiylar malakasini oshirish, parasuzishni rivojlantirish va o‘zbekistonlik sportchilarning Vengriyada o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalardagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Vengriya tomoni O‘zbekiston suzish federatsiyasi bilan uzoq muddatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar muloqotni davom ettirish va kelgusidagi sheriklikning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi