Belarusda “Yangi Toshkent” shaharsozlik loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Noyabr 20, 2026. 08:10 • 2 daq
• 246MINSK, 20-noyabr. /“Dunyo” AA/. Belarus Arxitektura va qurilish vazirligida “Yangi Toshkent” shaharsozlik loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Taqdimotda turli vazirlik va idoralar vakillari, “Belstroytsentr”, “Belgosproyekt”, “Belniipgradostroitelstva” kabi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov “Yangi Toshkent”ni barpo etish konsepsiyasi, infratuzilma yechimlari, investitsiya imkoniyatlari hamda xorijiy qurilish kompaniyalarining loyihada ishtirok etishi masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Belarus arxitektura va qurilish vaziri Vadim Olshevskiy Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil iyul oyida Belarusga amalga oshirgan rasmiy tashrifi o‘zaro hamkorlik, xususan, qurilish sohasida yangi imkoniyatlar ochganini ta’kidladi.
“Belarus tomoni hududlarni kompleks rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish, zamonaviy axborot modellashtirish texnologiyalaridan foydalangan holda obyektlarni loyihalashda ishtirok etishga tayyor”, – dedi u.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini yanada puxta ishlab chiqishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

