Seul markazida “O‘zbekiston bayrog‘i” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Sentabr 12, 2026. 14:00 • 53 soniya

51
Seul markazida “O‘zbekiston bayrog‘i” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

SEUL, 12-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga bo‘lajak davlat tashrifi oldidan Seul markazidagi mashhur Kvanxvamun maydonida “O‘zbekiston bayrog‘i” nomli vatanparvarlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan vatandoshlar, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Koreyadagi vakolatxonasi (WAYU Korea) faollari hamda yurtimizning janubiy koreyalik yosh do‘stlari ishtirok etdilar.

Marosimning eng hayajonli va yorqin daqiqalaridan biri O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining tantanali ravishda ko‘tarilishi bo‘ldi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya davlat bayroqlarining birgalikda namoyish etilishi ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro hurmat va jadal rivojlanib borayotgan hamkorlikning ramziy ifodasiga aylandi.

Kvanxvamun maydoni Seul markazidagi eng mashhur va ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan bosh jamoatchilik maskanlaridan biri hisoblanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi