Dohada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi

Sentabr 12, 2026. 13:00 • 2 daq

10
Dohada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Dohada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Dohada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Dohada O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi

DOHA, 12-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qatar poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tantanali tadbir Dohaning eng mashhur madaniy maskanlaridan biri — Islom sanʼati muzeyida bo‘lib o‘tdi. Unda Qatarning rasmiy doiralari, ishbilarmon va jamoatchilik vakillari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlar ishtirok etdi.

Marosimda Qatar mehnat vaziri Ali bin Said Al-Marriy, davlat vazirlari Hamad bin Abdulaziz Al-Kuvariy va Issa bin Hilol Al-Kuvariy, shuningdek, boshqa yuqori martabali vakillari qatnashdi.

Qabul marosimi O‘zbekistonning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, erishilgan ulkan yutuqlar va bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalqaro hamjamiyatga namoyon etish uchun muhim maydon bo‘ldi. Mehmonlarga Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish, ochiq va faol tashqi siyosat yuritish hamda jamiyat hayotini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Tadbirning mazmun-mohiyati mamlakatimizning bugungi taraqqiyot salohiyati bilan bir qatorda xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va madaniy merosini targ‘ib etishga qaratildi. Tashrif buyurganlarga o‘zbek mehmondo‘stligining ramzi bo‘lgan anʼanaviy palov tortiq qilindi. Mashhur opera xonandasi Otabek Nazirov ishtirokidagi konsert dasturida ijro etilgan o‘zbek va jahon musiqa sanʼati durdonalari kechaga alohida fayz bag‘ishladi.

Dohada tashkil etilgan mazkur tantanali qabul nafaqat qutlug‘ sanani nishonlash, balki O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Ushbu tadbir ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni yanada chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish va do‘stona munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish