Yekaterinburgda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlab futbol o‘tkazildi

Sentabr 30, 2026. 09:25 • 54 soniya

• 121

YEKATERINBURG, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlab “Paxtakor–Ekaterinburg” jamoasi hamda Ural davlat tog‘-kon universiteti talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Ural federal okrugida istiqomat qilayotgan vatandoshlar, hududdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ishtirokchilarni yurtimiz mustaqilligining 35-yilligi bilan qutladi. Shuningdek, Sverdlovsk viloyati jismoniy tarbiya va sport vaziri Leonid Rapoport ham ishtirok etib, vatandoshlarni bayram bilan tabrikladi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan o‘yinda har ikkala jamoa yuqori mahorat va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi va vatandosh homiylar sovrindorlarni faxriy yorliq, kubok hamda medallar bilan taqdirladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish