Estoniyada O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng namoyish etildi

Avgust 28, 2026. 09:00 • 2 daq

111
Estoniyada O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng namoyish etildi
Estoniyada O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng namoyish etildi
Estoniyada O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng namoyish etildi
Estoniyada O‘zbekistonning boy madaniy merosi keng namoyish etildi

TALLIN, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. Estoniyaning Tallin, Narva va Yarva shaharlarida O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Humo” o‘zbek madaniy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvlarda Estoniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar, mahalliy jamoatchilik vakillari, madaniyat va sanʼat namoyondalari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning milliy madaniyati, sanʼati, anʼanaviy musiqa va raqs sanʼati, boy tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va taqdimotlar namoyish qilindi. Ishtirokchilarga mamlakatimizning qadimiy tarixi, milliy qadriyatlari va zamonaviy madaniy hayoti haqida maʼlumot berildi.

Mehmonlarda O‘zbekiston tarixi, milliy qadriyatlari va zamonaviy madaniy hayoti katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbek milliy taomlari taqdimoti ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

O‘zbekistonning tarixiy shaharlari va hududlari, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xivaning boy madaniy merosi, meʼmoriy obidalari hamda sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

Estoniyada istiqomat qilayotgan hamyurtlar bilan madaniy va maʼnaviy aloqalarni yanada mustahkamlash, ularni mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalar va voqealar bilan yaqindan tanishtirish nuqtai nazaridan mazkur tadbir muhim ahamiyat kasb etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish