O‘zbekiston Xitoyning 100 dan ortiq kompaniyasiga o‘z investitsiyaviy salohiyatini taqdim etdi
Noyabr 05, 2026. 16:00 • 2 daq
• 24DUNGUAN, 5-noyabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Dunguan shahrida 100 dan ortiq iqtisodiy birlashmalar va yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirokida O‘zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tadbir O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlari, hududlar va sanoat tarmoqlarining investitsiyaviy salohiyati, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbirda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xitoylik tadbirkorlarga O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari tanishtirildi.
Xitoyning “Gan Shang Tianxia” assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan alohida taqdimot Andijon viloyatining iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilarga mintaqani rivojlantirish natijalari va loyihalarni amalga oshirishning muvaffaqiyatli tajribasi haqida ta’kidlandi
B2B formatdagi muzokaralar doirasida tomonlar logistika markazlarini tashkil etish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, to‘qimachilik va mebel sanoatida hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston hududlariga biznes-missiyalar seriyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

